Norozilik aksiyasi ishtirokchilari va politsiya xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuv. Yerevan, Armaniston
Foto: «TASS»
25 may kuni ertalabdan muxolifatchi faollar Yerevan markazida Armaniston prezidenti qarorgohi binosiga kirish yo‘lini to‘sib qo‘ydi, deb yozadi «Interfaks».
Armanistonning bir qator OAVlari voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya olib bormoqda. Avvalroq namoyishchilar Yerevanda Tashqi ishlar vazirligi binosiga kirish yo‘lini to‘sgani xabar berilgandi.
Namoyishchilarga Armaniston parlamentining muxolifat fraksiyalaridan chiqqan deputatlar, parlament vitse-spikeri Ishxan Sagatelyan rahbarlik qilmoqda. Ular Tog‘li Qorabog‘ maqomi masalasida Yerevanning pozitsiyasiga oydinlik kiritilishini talab qilmoqda.
Armaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Ozarbayjon bilan chegaralar delimitatsiyasi va xavfsizligi bo‘yicha komissiya a’zosi Mnatsakan Safaryan bilan uchrashuvda deputatlar undan Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon tarkibida bo‘lmasligini aytishni talab qildi, ammo diplomat Yerevanning Tog‘li Qorabog‘ aholisining huquqlari va xavfsizligi to‘g‘risidagi rasmiy bayonotlarini dalil qilib keltirdi. «Agar siz bitta narsani yuz marta takrorlayversangiz, bundan hech narsa o‘zgarib qolmaydi», — dedi Safaryan.
Armanistondagi norozilik namoyishlari aprel oxiridan buyon davom etmoqda, ularni bosh vazir Nikol Pashinyanning Tog‘li Qorabog‘ning tegishliligi masalasi bo‘yicha «kutilayotgan plankani pasaytirish» zarurligi haqidagi gaplari qo‘zg‘ab yuborgandi.
Armaniston—Ozarbayjon munosabatlarida nisbatan normallashuv alomatlariga qaramay, mamlakatlar Tog‘li Qorabog‘ maqomi borasida hamon tortishuvlarga duch kelmoqda. Mart oyi oxirida Qorabog‘dagi navbatdagi keskinlashuv fonida Armaniston va Ozarbayjon yetakchilari muzokara o‘tkazish uchun Bryusselda uchrashgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi