1 869
AQSH Ukrainani Rossiya hududini o‘qqa tutish harbiy nizoni kuchaytirishi haqida ogohlantirdi
Foto: Getty Images
AQSH Ukrainani agar u Rossiya hududiga zarbalar bersa, bu harbiy nizo kuchayib ketishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda. Agentlik qayd etishicha, Vashington va Kiyevning bu mavzu bo‘yicha muloqoti «juda nozik xususiyatga ega bo‘lib», «eskalatsiya xavfi haqida umumiy tushuncha»ga erishishga qaratilgan.
Reuters o‘z ismini oshkor qilmagan uch nafar AQSH rasmiy vakillariga, shuningdek, diplomatik manbalariga tayanib ma’lum qilishicha, AQSH Ukraina olgan quroldan foydalanish uchun «aniq bir geografik cheklovlar» qo‘ymayapti. Shu bilan birga, Vashington Kiyevni Rossiyaning ichkari hududlariga zarbalar berishdan ogoh qilgan.
«Biz harbiy nizo kuchayib ketishidan xavotirdamiz, lekin geografik cheklovlar o‘rnatishni yoki ularning erkinligini bo‘g‘ib qo‘yishni ham istamaymiz», — dedi amerikalik mansabdorlardan biri.
Yana bir manba aytishicha, Ukraina o‘z hududida yo‘q qilishi kerak bo‘lgan nishonlari ko‘p, shu sababli Kiyev katta masofali qurol-yarog‘ga ega bo‘lishni xohlagandi. «Voqealar shunday rivojlanishi mumkinki, ukrainaliklar burchakka siqib qo‘yilishi mumkin, shunda ular eskalatsiyani davom ettirishi kerakday tuyulishi mumkin, ammo biz bunday vaziyatga duch kelganimizcha yo‘q», — deya qo‘shib qo‘ydi yana bir mansabdor.
Avvalroq AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga baravar o‘t ochish reaktiv tizimlarini yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berildi, ular harbiy yordamning yangi paketiga kiritilishi mumkin, u haqda esa AQSH kelasi hafta e’lon qiladi.
Urush boshida Vladimir Zelenskiy G‘arb davlatlarini Ukrainani yetarlicha qo‘llab-quvvatlamagani, jumladan, yetarlicha qurol-yarog‘ yetkazib bermayotgani uchun tez-tez qoralardi. Aprel oyi oxirida u mamlakat nihoyat so‘ragan qurol turlarini ola boshlaganini e’lon qildi.
May oyi boshida AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy texnika yetkazishni tezlashtirish imkonini beruvchi lend-liz dasturi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ammo bir necha kundan so‘ng Ukrainaga 40 milliard dollar qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Senatdagi bir respublikachi senator tomonidan bloklandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”