15:00 / 29.05.2022
2 056

Ukrainada urushning 95-kuni: Donbass shimolida janglar, Xarkov atrofida kungaboqar ekayotgan fermerlar

Ukrainada urushning 95-kuni: Donbass shimolida janglar, Xarkov atrofida kungaboqar ekayotgan fermerlar
Ukrainada urushning 95-kuni boshlandi. Donbass uchun janglar davom etmoqda: RF mudofaa vazirligi Liman shahri to‘liq nazoratga o‘tganini e’lon qilgandi, ammo Ukraina hukumati buni rad etmoqda. Bahmut — Lisichansk trassasi rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Donbass shimolidagi aholi turar joylari va fuqarolik ob’ektlari jiddiy shikastlangan.

Vayron qilingan va DXR nazoratiga o‘tgan Mariupol aholisi Rossiya FVV tomonidan keltirilgan suv uchun navbatda turibdi.
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar
  • Severodonetsk ostonasida qaqshatqich janglar davom etmoqda, Lugansk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Gayday shahar hamon Ukraina nazoratida qolayotgani, rossiyalik harbiylar shahar tashqarisidagi «Mir» mehmonxonasi hududidan oldinga o‘ta olmayotgani va jiddiy yo‘qotishlarga uchragani haqida ma’lum qilgan;
  • Ukraina Donetsk oblastidagi Liman shahri Rossiya harbiylari tomonidan egallangani to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgan va shahar uchun janglar davom etayotganini bildirgan;
  • Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols rossiyaliklar prezidenti bilan qariyb bir yarim soat davom etgan telefon muloqotida Vladimir Putindan Mariupoldagi «Azovstal» zavodida asirga tushgan 2500 nafar ukrain harbiysini ozod etishni talab qildi. Shuningdek, ular Putinni «ukrainlar prezidenti bilan jiddiy muzokaralar boshlash hamda mojaroni hal qilishning diplomatik yechimini topish»ga chaqirishdi;
  • Putin harbiy xizmat o‘tash haqidagi dastlabki shartnomani tuzish uchun yosh chegarasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi; endi qonun kuchga kirib, 40 yoshdan katta bo‘lganlarni ham urushga yollash mumkin bo‘ladi. Bu qaror Rossiya armiyasi shaxsiy tarkibda o‘tkir yetishmovchilikka uchrayotganining navbatdagi belgisi bo‘ldi;
  • Ukraina ombudsmeni Lyudmila Denisova asirlikdan qaytgan ukrain harbiylari joylashtirilgan shifoxonada bo‘lgach, ular asirlikda qiynoqlar va kamsitishlarga duchor bo‘lishgani haqida aytdi. Denisovaning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa Ukraina armiyasi zobitlari va «Azov» jangchilariga nisbatan o‘ta beshafqatlik bilan munosabatda bo‘lishgan;
  • Ukraina kemalarga qarshi Harpoon raketalarini qabul qilib oldi. Odessa oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Bratchuk telegram-kanalida shunday yozdi: «Bizga shuncha «garpun»ni Rossiya Qora dengiz flotini to‘liq cho‘ktirib yuborishimiz uchun yuborishdi. Nega ham bunday bo‘lmasin?»

Quyida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar keltiriladi.

Chernigov

Chernigov stadionidagi voronka. Chernigov Rossiya armiyasining Kiyev yo‘lidagi dastlabki nishonlaridan bo‘lgandi. Rossiya shaharni egallay olmadi, ammo Chernigovning katta qismi va uning atrofidagi hududlar jiddiy shikastlangan. Foto: Alexey Furman / Getty Images
Donbass shimoli

Avdeyevkadagi ukrainlar pozitsiyasiga hujumdan oldin rossiyaparast kuchlarning «Gvozdika» artilleriya ustanovkasiga snaryadlar joylanmoqda
Valentin Sprinchak / TASS


DXR jangchisi Panteleymonovka posyolkasi yaqinida (DXR nazoratida) ko‘chma «Igla» zenit raketa kompleksidan o‘t ochishga hozirlanmoqda
Alexei Alexandrov / AP / Scanpix / LETA


Ukrain harbiylari Donetsk oblastidagi Bahmut shahrida pozitsiyalarini egallamoqda. Bahmut — Lisichansk trassasi uchun shiddatli janglar ketmoqda. Ikki shahar va trassa rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilmoqda. Foto: EPA / Scanpix / LETA

Ukrainalik harbiylar front chizig‘i yaqinidagi hududda navbatchilik qilmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA


Ukrain armiyasi jangchisi Donetsk oblastidagi front hududida xavfsiz joyga yashirinmoqda
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA


Ukrainalik harbiylar Marinka shahridagi pozitsiyada tankka qarshi qurolni o‘rnatmoqda
Anna Kudriavtseva / Reuters / Scanpix / LETA


Rossiyaning Ka-52 vertolyoti Popasnaya ustidan uchmoqda
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA


Bahmut rossiyalik harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatlari
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA


Bahmutdagi vayron bo‘lgan uy xarobalari. Shahar Rossiya aviatsiyasi zarbalaridan jiddiy shikastlangan
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA


Ukrainalik harbiylar Bahmutdagi vayron bo‘lgan bino oldidan o‘tishmoqda. Foto: AP Photo/Francisco Seco

Pokrovskdagi vokzaldan evakuatsiya poyezdida jo‘nab ketayotgan Diana shaharda qolayotgan onasi Viktoriya hamda singlisi Kseniya bilan xayrlashmoqda. Pokrovsk yaqinidagi Lisichansk va Severodonetsk uchun hal qiluvchi janglar boshlangan. AP Photo/Francisco Seco

Lisichansk va Ukraina sharqidagi boshqa hududlardan qochayotgan odamlar Pokrovskdagi temiryo‘l vokzalidagi evakuatsiya poyezdida
AP Photo/Francisco Seco


Bahmutlik kishi yerto‘lasidan chiqmoqda. Foto: Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Seversklik 76 yoshli Alina — u shiddatli janglar ketayotgan hududda qolgan kam sonli aholi vakillaridan biri. Severskda suv, elektr va gaz yo‘q, front chizig‘i uning shimoliy chekkasiga yaqinlashgan
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images


Severskliklar suv uchun velosipedlarda ketishmoqda. Front chizig‘i shaharning shimoliy chekkasi orqali o‘tadi, bu shaharda qolganlar elektr toki, ichimlik suvi va tabiiy gazsiz yashamoqda
Rick Mave / SOPA Images / LightRocket / Getty Images

Xarkov oblasti

Xarkov yaqinidagi Cherkasskaya Lozovayadagi dala maydonida portlamay qolgan snaryad
AP Photo/Bernat Armangue


Dalaga kungaboqar ekayotgan fermerlar, ufqda esa otishmalardan keyin ko‘tarilgan tutun ko‘rinmoqda. Ukraina — dunyodagi eng yirik bug‘doy, makkajo‘xori va kungaboqar moyi eksportchilaridan biri hisoblanadi, ammo urush tufayli bu mahsulotlarni yetkazib berish hajmi keskin qisqargan. Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi xavf ostida qolgan.
Bernat Armangue / AP / Scanpix / LETA


Xarkov milliy universiteti binosi. Fransuz muhandisi Emmanuel Dyuran shikastlangan binoning 3D-modelini olish uchun lazer skanerdan foydalanmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA


Bug‘doy saqlanadigan omborxonaga Rossiya artilleriyasi zarbasi oqibatida yonib ketgan traktor, Xarkov yaqinidagi Cherkasskaya Lozovaya posyolkasi
AP Photo/Bernat Armangue


Xarkov yaqinidagi Cherkasskaya Lozovayada rossiyaliklar hujumidan shikastlangan omborxonada sochilib yotgan bug‘doy hosili. Urush va rossiyaliklar blokadasi tufayli mamlakat o‘z mahsulotlarini dengiz orqali eksport qila olmayapti, bu esa dunyoda oziq-ovqat inqirozini yuzaga keltirishi mumkin. Foto: AP Photo/Bernat Armangue Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada urushning 95-kuni: Donbass shimolida janglar, Xarkov atrofida kungaboqar ekayotgan fermerlar