12:05 / 30.05.2022
1 264

Nepalda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi, 22 kishi halok bo‘ldi

Nepalda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi, 22 kishi halok bo‘ldi
Foto: Anadolu Agency
Nepal qidiruv-qutqaruv brigadasi 29 may kuni g‘oyib bo‘lgan Tara Air aviakompaniyasi samolyoti bo‘laklarini topdi, deb yozadi «RBK».

Bo‘laklar Nepal shimolidagi Mustang tumanidan topildi. Fotosuratlarda samolyot to‘liq vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, voqea joyidan halok bo‘lganlarning jasadlari topilgan.

Tara Air samolyoti 29 may kuni ertalab radarlardan yo‘qolib qoldi. Uning bortida 22 kishi bo‘lgan. Samolyot Pokxara sayyohlik shahridan Nepal shimolidagi Jomsomga uchayotgan edi. U o‘zi uchib chiqqan shaharning Mustang tumani osmonida, ammo keyin u Dxaulagiri tog‘lari tomonga qarab uchgan.

Samolyotning taxminiy joyi o‘sha kuni kechqurun aniqlandi. Mamlakat piyoda qo‘shinlari vakili Narayan Silval bort Lamche daryosi etagiga qulab tushganini ma’lum qildi. Voqea joyiga havo va yerdan harbiylarning ikkita guruhi yo‘l oldi. Biroq Mustang hududidagi kuchli qor tufayli qidiruv ishlarini to‘xtatib turishga to‘g‘ri keldi.

«Interfaks» yozishicha, samolyot bortida 16 nafar Nepal, to‘rt nafar Hindiston va ikki nafar Germaniya fuqarolari bo‘lgan.

Samolyot bilan aloqa parvozdan keyin 20 daqiqa o‘tib yo‘qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nepalda yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi, 22 kishi halok bo‘ldi