Foto: «president.gov.ua»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Amerikaning Newsmax nashriga bergan intervyusida Ukraina armiyasining Donbassdagi kunlik yo‘qotishlarini baholadi.
«Ukraina sharqidagi vaziyat juda og‘ir. Har kuni janglarda 60 dan 100 nafargacha askarlarimizni yo‘qotyapmiz, 500 nafar atrofidagi odamlarimiz yaralanmoqda. Biz mudofaa chegaralarini ushlab turibmiz», — dedi Zelenskiy.
Zelenskiy 22 may kuni ham Ukraina armiyasining Donbassdagi yo‘qotishlari haqida gapirib, harbiy xizmat yoshidagi erkaklarning Ukrainani tark etishiga ruxsat berish haqidagi petitsiyaga fikr bildirib o‘tgandi.
«Bu petitsiya kimga qaratilganini to‘liq tushunmadim – bu ariza mengami yoki Ukraina uchun jonini fido qilgan askarlarning ota-onalariga qaratilganmi? Bugun davlatimiz sharqidagi vaziyat eng og‘ir hududda 50 dan 100 nafargacha odam o‘lmoqda», — degan Ukraina prezidenti.
Rossiya hozirgi vaqtda Donbassda hujum uyushtirmoqda, xususan, Lugansk viloyati chegaralariga yetib borishga urinmoqda.
31 may kuni Lugansk viloyati rahbari Sergey Gayday Rossiya qo‘shinlari Severodonetskning (Donbassdagi Ukraina nazorati ostida qolgan so‘nggi yirik shaharlardan biri edi) katta qismini egallab olganini aytdi. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘z navbatida Severodonetskni «to‘liq tozalash» yakunlanganini ma’lum qildi.
Ukraina ham, Rossiya ham qo‘shinlarining urushdagi yo‘qotishlari haqida muntazam ravishda xabar bermayapti. Rossiya Mudofaa vazirligi bu ma’lumotni ikki marta, oxirgi marta 25 mart kuni e’lon qilgandi — o‘shanda 1351 kishi halok bo‘lgani va 3825 kishi yaralangani haqida xabar berilgan. Aprel oyi o‘rtalarida esa Vladimir Zelenskiy urush boshidan beri 2500 dan 3000 gacha ukrainalik harbiy xizmatchi halok bo‘lganini, yana 10 mingga yaqini yaralanganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi