20:27 / 02.06.2022
1 533

Moskva Zelenskiyning va’dasiga ishonmaydi - Dmitriy Peskov

Moskva Zelenskiyning va’dasiga ishonmaydi - Dmitriy Peskov
Moskva Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Kiyev Rossiyaga qarshi Amerikaning uzoq masofali yalpi hujum reaktiv tizimlaridan foydalanmasligi haqidagi gaplariga ishonmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Yo‘q. Ishonish uchun va’da bajarilgan holatlar tajribasiga ega bo‘lish kerak. Afsuski, bunday tajriba umuman yo‘q. Aksincha, voqealar rivoji buning aksini tasdiqlaydi”, deya javob berdi Kreml matbuot kotibi “Kreml Zelenskiyning so‘zlariga ishonadimi?”, degan savolga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Minsk kelishuvlari bajarilmagan, ular Ukraina tomonlarining aybi bilan unutilgan. Bundan tashqari, Kreml matbuot kotibi Amerika Qo‘shma Shtatlarini bunday ta’minot orqali qasddan olovga yog‘ sepayotganlikda aybladi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Zelenskiy Ukraina AQSHdan olgan qurollari bilan Rossiyaga hujum qilmaslikka va’da bergan edi.

Qo‘shma Shtatlar Kiyevga HIMARS ko‘p uchiruvchi raketa tizimlarini yetkazib berishni rejalashtirmoqda, ular taxminan 80 kilometr masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskva Zelenskiyning va’dasiga ishonmaydi - Dmitriy Peskov