Foto: Getty Images
Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli murojaat qildi.
Pele Instagram sahifasi orqali JCH—2022 saralashi pley-off yarim finali doirasida kechgan Ukraina — Shotlandiya o‘yinidan oldin Rossiya prezidenti nomiga yo‘llangan maktubini e’lon qildi. Bu o‘yinda ukrainaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
- "Men ushbu o‘yindan foydalanib, so‘ramoqchiman: buni to‘xtating. Zo‘ravonlikni oqlaydigan hech narsa yo‘q.
Ukrainaliklar hech bo‘lmaganda 90 daqiqa davomida o‘z mamlakatlarida hamon sodir bo‘layotgan fojiani unutishga harakat qiladi. Jahon Chempionatiga chiqish juda qiyin vazifa. Ko‘plab odamlarning hayoti xavf ostida qolayotgan pallada bu deyarli imkonsizga aylanadi.
Bu to‘qnashuv shafqatsiz, asossiz va og‘riq, qo‘rquv, dahshat, azobdan boshqa hech narsa keltirmaydi. Urush faqat xalqlarni bir-biridan ajratish uchungina mavjud.
Men o‘z xalqi xavfsizligi uchun nafrat to‘la ko‘zlar bilan nutq so‘zlagan rahbarlar va urushlarni ko‘rgan sakson yilni yashadim. Biz u vaqtlarga qayta olmaymiz, endi rivojlanishimiz lozim.
Avvalroq uchrashgan vaqtimizda, bir-birimizga tabassum bilan uzoq vaqt qo‘l berib ko‘rishganimizda, bir-birimizdan bunchalik uzoqlashib ketamiz deb o‘ylamagandim. Bu urushni to‘xtata oladigan kuch sizning qo‘lingizda. 2017 yil Moskvadagi so‘nggi uchrashuvimiz vaqtida men ko‘rishgan o‘sha qo‘llarda", - dedi sobiq futbolchi Pele.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qilgandi. Ayni vaqtda Ukrainaning qator hududlarida harbiy harakatlar davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi