14:55 / 04.06.2022
1 521

Rossiyada terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi 8 yilga qamaldi

Rossiyada terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi 8 yilga qamaldi
Moskvada O‘zbekiston fuqarosi Javohir Eshonqulov ISHID xalqaro terrorchilik tashkilotini moliyalashtirishda aybdor deb topilib, sakkiz yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi RT.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining ma’lum qilishicha, 2-G‘arbiy harbiy okrug sudining Eshonqulovga nisbatan hukmi hozirda kuchga kirgan.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, erkak fuqarolarni yo‘llash va jangarilarni Afg‘oniston hamda Pokistonga yuborish bilan shug‘ullangani bois 2013 yildan buyon O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

2021 yilda Eshonqulov Rossiya FXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

«Shu bilan birga, Rossiya tomonining uni o‘z vataniga ekstraditsiya qilishga bo‘lgan urinishlar Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi tomonidan bloklangan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada terrorchilik tashkilotini moliyalashtirib kelgan O‘zbekiston fuqarosi 8 yilga qamaldi