Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, to‘siq bo‘linmalari vazifasini bajaruvchi ukrainalik millatchi tuzilmalar Ukraina qurolli kuchlarining Svyatogorskdan chekinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Severskiy Donetsk daryosi ustidagi ko‘prikni portlatib yuborgan.
“Rossiya bo‘linmalarining hujumi ostida Ukraina Qurolli Kuchlarining 95-havo-desant-zarba brigadasi va 81-alohida aeromobil brigadasi batalonlarining qoldiqlari qurol-yarog‘ bilan birga harbiy texnikani tashlab, qirg‘oq bo‘ylab tarqalib ketdi”, dedi general.
Unga ko‘ra, sakson nafargacha ukrainalik harbiylar daryodan suzib o‘tgan, Rossiya va DXR harbiylari ularga ataylab o‘t ochmagan.
“Biz ukrainalik harbiy xizmatchilarning millatchilar boshchiligidagi Kiyev rejimini himoya qilishdan bosh tortishini qo‘rqoqlik emas, yagona to‘g‘ri qaror deb bilamiz”, - deb ta’kidladi Konashenkov.
Shuningdek, u Ukrainaning barcha harbiylari va hududiy mudofaa bo‘linmalari a’zolarini ushbu o‘rnak olishga va “jonlarini saqlab qolish uchun o‘ylamay qarshilik ko‘rsatishni” to‘xtatishga chaqirdi. Rossiya Qurolli kuchlari, o‘z navbatida, ixtiyoriy ravishda qurolini tashlaganlarning barchasiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va oilalari bag‘riga qaytishni kafolatlaydi, deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi vakili.
Konashenkov aytishiga ko‘ra, rus armiyasi Svyatogorsk va uning atrofidagi hududlarni ozod qilishning yakuniy bosqichiga o‘tgan.
Svyatogorsk (2003 yilgacha Slavyanogorsk) Donetsk Xalq Respublikasining shimoliy qismida, Rossiya harbiylari nazorati ostidagi Xarkov viloyati Izyum shahri janubi-sharqiy yo‘nalishida 40 kilometr masofada joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar