19:00 / 08.06.2022
2 122

Maks Fadeyev Nargiz Zokirovaga tahdid qildi

Maks Fadeyev Nargiz Zokirovaga tahdid qildi
Xonanda Nargiz Zokirovaning sobiq prodyuseri Maksim Fadeyev qo‘shiqchini jinoiy javobgarlikka tortish bilan tahdid qilgan.

Gap shundaki, Zokirova yaqinda Instagram orqali eski repertuaridan qo‘shiqlar ijro etishini ma’lum qilgan. Bunga javoban prodyuser shunday bayonot bergan.

Ma’lumki, Zokirovaning aksariyat qo‘shiqlarini aynan Maks Fadeyev yozib bergan. Agar bundan buyog‘iga Nargiz Fadeyev bastalagan ashulalarni ijro qiladigan bo‘lsa, jinoiy javobgarlikka tortishi mumkinligini aytgan.

Avvalroq Zokirovaning Moskvaga borgani va ushlangani xabar qilingan, so‘ng rad etilgandi. Ammo keyinchalik u Rossiyadan 50 yilga deport qilingani tasdiqlangan. Yakunda u AQSHga ketib qolgani oydinlashgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maks Fadeyev Nargiz Zokirovaga tahdid qildi