Foto: «TASS»
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin hamda Vladimir Zelenskiyning uchrashuvi ehtimoli Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokara jarayoni qayta boshlanganidan keyingina paydo bo‘ladi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov turkiyalik hamkasbi Mevlut Chavusho‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Biz dastlab muzokara guruhlarining ishini qayta boshlash zarurligidan kelib chiqyapmiz», — dedi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rahbari Rossiya bilan muzokaralarga «beparvolik» ko‘rsatmoqda. «Zelenskiy ‘muzokaralar Rossiya qo‘shinlari 24 fevraldagi chiziqqa olib ketilgandan keyingina qayta tiklanadi’ deb bir necha bor aytgan. Bu mutlaqo bema’ni yondashuv, bundan tashqari, bu Ukraina delegatsiyasining o‘zi 29 mart kuni Istanbulda ilgari surgan tashabbuslarga mutlaqo zid», — dedi Lavrov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, aprel oyining o‘rtalaridan beri Ukraina Kiyev bilan kelishuvlar loyihasining Rossiya versiyasiga javob bermagan va to‘p Ukraina tomonda qolmoqda.
«Ukraina tomoni Istanbuldagi yig‘ilishda bayon qilgan yondashuvlarini ko‘p o‘tmay o‘zgartirdi. Shunga qaramay, aloqalar davom ettirildi va aprel oyining o‘rtalarida shartnoma loyihasining keyingi versiyasi haqidagi taklifimizni ularga berdik. O‘shandan beri hech qanday fikr-mulohaza olmadik», — dedi Rossiya TIV vaziri.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya ham, Ukraina ham muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralarga qaytishga intilmoqda. May oyi oxirida Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbatda Zelenskiy Putin bilan uchrashmoqchi ekanini aytgandi. Chavusho‘g‘lining ta’kidlashicha, Anqara ikki prezidentning uchrashuvini tashkillashtirish mumkin deb hisoblaydi va inqirozni hal qilishda yordamga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi