10:28 / 10.06.2022
3 687

Ekspert Baydenning sanksiya qo‘llashda asosiy xatosini aytdi

Ekspert Baydenning sanksiya qo‘llashda asosiy xatosini aytdi
Franklin Ruzvelt AQSHni o‘rganish jamg‘armasi direktori Yuriy Rogulevning ta’kidlashicha, AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha siyosati bir qancha sabablarga ko‘ra muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Asosiy sababi haddan tashqari takabburlik va Rossiyaning bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yetarlicha baholamaslikdir. Bu haqda u “Prime” agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Markaziy razvedka boshqarmasining minglab tahlilchilari va boshqa bo‘limlarning o‘n minglab xodimlari Rossiyaning jahon iqtisodiyotidagi o‘rni va uning ta’sirini past baholagan.

Vashington “Rossiyaning butunlay qulashi uchun tashqaridan bir zarba yetarli”, degan asossiz fikrga tayandi. Biroq AQSH Rossiya tovarlari, xomashyo va oziq-ovqat yetkazib berish zanjirlarini hisobga olmadi”, - deya tushuntirdi u.

Ekspertning fikricha, Rossiya iqtisodiyoti, Amerikanikidan farqli o‘laroq, real. “Biz Amerikaning iqtisodiyot konseptsiyasiga shunchaki mos kelmaymiz”, - dedi Rogulev.

Avvalroq, Xitoylik iqtisodchilar G‘arb Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan o‘zini o‘zi jazolaganini aytgan edi. Shuningdek, britaniyalik jurnalist sanksiyalar Yevropaga zarar, Rossiyaga foyda keltirayotganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert Baydenning sanksiya qo‘llashda asosiy xatosini aytdi