
Foto: «Facebook»
Bishkekning Pervomayskiy sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni ikkita jinoiy ish bo‘yicha oqladi, deb yozdi 24.kg.
Atambayev Turkiya fuqarolariga pasport berishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlikda va Kalis-Ordo turarjoy mavzesida maktab qurilishida mansab vakolatini suiiste’mol qilganlikda ayblangan edi.
Almazbek Atambayev 2011–2017 yillarda Qirg‘iziston prezidenti bo‘lgan. Keyinchalik, prezidentlik daxlsizligidan mahrum qilinganidan so‘ng, unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan edi. 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘ytosh qishlog‘ida yuz bergan tartibsizliklarda, korrupsiya va pul yuvish, shuningdek, 2020 yil oktabr oyida Bishkekda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishda ayblangan.
2020 yilning 23 iyunida Bishkek sudi Atambayevni, mol-mulkini musodara qilib, 11 yil-u ikki oyga ozodlikdan mahrum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing