1 235
Afg‘onistondagi Britaniya elchixonasining sobiq xodimlari «Tolibon» tomonidan kaltaklangani aytilmoqda
Foto: Getty Images
Britaniyaning Afg‘onistondagi elchixonasida ishlagan 100 dan ortiq odam haligacha mamlakatni tark eta olgani yo‘q. Ulardan ba’zilari «Tolibon» tomonidan kaltaklangani va qiynoqqa solingani haqida BBC’ga aytib berdi.
Buyuk Britaniya hukumati 2021 yildan beri 15 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilganini va yanada ko‘proq odamlarni ko‘chirish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.
Ilgari elchixonada ishlagan va hozir ham Afg‘onistonda istiqomat qilayotgan 150 dan ortiq erkakning ro‘yxati keltirilgan jadvalni BBC Two Newsnight telekanali ko‘rib chiqdi va tasdiqladi.
O‘z shaxsini himoya qilish uchun ismini aytmagan bir kishi elchixonada qorovul bo‘lib ishlagani uchun yaqinda «Tolibon» tomonidan kaltaklanganini aytdi.
«Ko‘chada o‘tirgan edim, qurollangan odamlar menga yaqinlashdi, ulardan biri menga hujum qildi», — dedi suhbatdosh. «Ular menga Britaniya elchixonasida ishlaganimni aytishdi va kaltaklay boshladi».
Yana bir sobiq qo‘riqchining aytishicha, jangarilardan biri uning boshiga miltiq qo‘ndog‘i bilan urgan. Toliblar u endi inglizlar uchun ishlamayotganiga ishonch hosil qilganidan keyingina uni qo‘yib yuborgan.
Buyuk Britaniya hukumati bu odamlar 20 iyundan boshlab Afg‘oniston fuqarolarini ko‘chirish sxemasi doirasida Buyuk Britaniyaga kelish uchun ariza topshirishi mumkinligini ma’lum qildi, bu asosan Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi faoliyatiga yordam bergan odamlarga mo‘ljallangan.
Dastur yanvar oyida rasman ishga tushirilgan, ammo arizalarni faqat keyingi haftadan boshlab yuborish mumkin. Tanqidchilarning aytishicha, bu juda kech, kvotalar ham juda oz.
Hukumatning boshqa sxemasi — Afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilish va ularga yordam siyosati Britaniya hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaganlarni, jumladan Britaniya kuchlariga yordam bergan tarjimonlarni ko‘chirishga qaratilgan.
Yil boshida ushbu sxema ostida Buyuk Britaniyaga kelgan afg‘onistonliklardan biri elchixonadagi ko‘plab sobiq hamkasblariga har kuni tahdid qilinayotganini aytgan edi.
«Nazarimda, inglizlar sadoqatsizlik qildi. Ular o‘zlari uchun ishlagan odamlarga katta va’dalar bergandi, hozir ularning hayoti xavf ostida», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar