Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi migrantlarning harakatlanishini GPS yordamida kuzatib turish rejalashtirilgan loyihani tayyorlamoqda.
Sinov dasturi doirasida kuzatuv qurilmasi orqali migrantlar bilan muntazam muloqot qilinadi, shuningdek, migratsiya markazlari rejimini buzgan shaxslar bo‘yicha ma’lumot to‘planadi.
Yangi mexanizmda migrantlarning ko‘chaga chiqishi yoki ayrim joylarga borishi taqiqlanishi, qoidalarga rioya qilmagan taqdirda qo‘lga olinishi yoki sud qilinishi ko‘zda tutilgan.
Loyihada qatnashuvchilar soni hozircha ma’lum qilinmadi.Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ushbu loyihani qo‘llab-quvvatladi.
Britaniya qochqinlar ishlari bo‘yicha kengashining ijrochi direktori Enver Solomon esa hukumatning yangi tashabbusini tanqid qildi.
«Britaniya hukumati urushlar, qon to‘kishlar va ta’qiblardan qochib kelgan odamlarga xuddi jinoyatchilardek munosabatda bo‘lishi dahshatli», - dedi Solomon. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi