2 297
Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida toliblar Milliy qarshilik fronti tomoniga o‘tib ketdi
Badaxshon viloyati
Foto: «A-krotov.tourbina.ru»
«Tolibon» harakatining Afg‘onistonning shimoliy Badaxshon viloyatidagi bo‘linmalari qo‘mondoni, dala qo‘mondoni Qori Vakkas o‘z jangarilari bilan birga Milliy qarshilik fronti tomoniga o‘tib ketdi, deb yozadi Asia-Plus.
Xabarlarga ko‘ra, Milliy qarshilik fronti tomoniga o‘tgan toliblar ikki kun ichida Tagab uyezdidagi Xambak, Kuri va Kotu-Bala qishloqlarini egallab olgan.
Vakkasga bo‘ysunadigan otryadlarda qariyb 300 kishi bor. Qayd etilishicha, isyonchi otryadlarni tor-mor qilish uchun Tagabga yuborilgan «Tolibon» jangarilari chekinishga majbur bo‘lgan.
Milliy qarshilik fronti o‘tgan yilning sentabridan buyon toliblarga qurolli qarshilik ko‘rsatib kelmoqda. Dastlab u Panjsher viloyatidagi tojiklardan iborat lashkarlar va toliblarga mag‘lub bo‘lgan Afg‘oniston hukumati harbiy xizmatchilaridan iborat edi.
Vakkas — «Tolibon»ning ushbu harakatga qarshi chiqqan birinchi dala qo‘mondoni emas.
Ayni paytda «Tolibon» bo‘linmalari Saripul viloyatining Balxob uyezdini qurshab olmoqda, u yerda toliblarning mahalliy komandiri Mahdi Mujohid harakatga qarshi bosh ko‘targan. Mujohid va uning jangchilari — etnik hazoralar bo‘lib, «Tolibon» rahbarlari va jangarilarining ko‘pchiligi esa pushtunlardir.
Toliblar rahbariyati Mujohidning o‘rniga pushtunlardan birini tayinlagan, bu esa Balxob viloyatida isyonga sabab bo‘lgan. Harakat Mujohidga qarshi etnik o‘zbeklardan bo‘lgan toliblarni yo‘naltirishga uringan, ammo ular bosh tortgan.
Isyon ko‘targan hazoralarning soni 500 kishigacha deb baholanmoqda. Balxob uyezdi strategik muhim hisoblanadi. Toliblar 1996—2001 yillardagi hukmronligi davrida bu tumanni to‘liq egallay olmagandi.
Avvalroq Afg‘oniston qarshilik kuchlari Panjsherda janglar qayta boshlanganini ma’lum qilgan edi. May oxirida Panjsher darasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan, buning oqibatida bir kechada 27 nafar toliblar o‘ldirilgan.
«Tolibon» 2021 yil avgustida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan edi. AQSH va uning ittifoqchilari o‘z qo‘shinlarini olib ketishni boshlaganidan keyin toliblar hujumga o‘tgan edi. Ular navbat bilan yirik shaharlarni egallab, avgust o‘rtasida Kobulga kirdi va davlat to‘liq egallab olinganini e’lon qildi. Prezident Ashraf G‘ani BAAga qochib ketdi.
Qarshilik kuchlari Panjsher viloyatiga to‘plandi. Unga afg‘on urushi davrlaridagi qo‘mondon Ahmadshoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud va G‘ani qochib ketganidan keyin o‘zini davlat rahbari deb e’lon qilgan Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solih rahbarlik qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi