Yakshanba kuni ertalab Moskvadagi Troyekurovskoye qabristoniga xonanda Yuriy Shatunov bilan vidolashuv morasimiga yuzlab odamlar keldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qabristonga kirish qismida katta navbat paydo bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, vidolashuv marosimiga 10 mingdan ortiq odam keldi.
Ko‘plab muxlislar oq atirgullar guldastalari bilan kelishdi.
23 iyun kuni kechqurun “Laskoviy may” guruhi solisti, 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi.
Uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘ldi. Xonandani shifoxonaga olib ketishayotganda, tez yordam mashinasida joni uzildi.
Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Yoshligidanoq yulduzlik darajasiga erishgan Yuriy Shatunov umrining so‘nggi kuniga qadar musiqa bilan shug‘ullangan.
Yuriy Shatunov 1973 yil 6 sentabr kuni Rossiyada tug‘ilgan. 2019 yilda uning “Lyubimie pesni” albomi chiqqan bo‘lsa, 2020 yilda yana uchta jamlanmasi — “Spasibo tebe”, “Ostanovitsya ne mogu” va “Zametayet listya sneg”ni muxlislariga taqdim etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»