Foto: Kongsberg
AQSH Rossiya hujumiga qarshi mudofaalanayotgan Ukrainaga qo‘shimcha 820 million dollarlik yordam ajratishi haqida e’lon qilgandi.
Yangi ajratilgan yordam paketidan ikkita havo hujumidan mudofaa uchun NASAMS zenik-raketa komplekslari, HIMARS birvarakayiga o‘t ochuvchi raketi tizimlari uchun o‘qdorilar o‘rin olgan. 155 mm kalibrli HIMARSlar uchun 150 mingta o‘qdori yuboriladi. Shuningdek, Ukraina kontrartilleriya radarlari ham oladi.
Pentagon Norvegiyaning Ukrainaga havo hujumidan himoyalanish uchun raketa tizimlari yuborganini ham e’tirof etgan. NASAMS zenit-raketa komplekslari 1990-yillarda aynan Norvegiyaning Kongsberg Defence & Aerospace hamda AQSHning Raytheon kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan.
Bunday turdagi zamonaviy komplekslardan qanotli raketalar, dron, samolyot va vertolyotdan amalga oshiriladigan hujumlarga qarshi foydalanish mumkin. Bunday komplekslarga o‘rnatilgan raketalar 20 km.dan 180 km.gacha uzoqlikdagi, 21 km.gacha balandlikda bo‘lgan nishonlarni yo‘q qila oladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu yordam paketini tarixiy deb atadi: «AQSH prezidentiga agressorga qarshi kurashdagi yordami uchun rahmat aytaman. G‘alaba tomon birgalikda boramiz», deb yozdi Zelenskiy Tvitterdagi sahifasida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin