20:33 / 02.07.2022
1 129

Qirg‘izistonda kazinolar qonuniylashtirildi, biroq ular mamlakat fuqarolari uchun emas

Qirg‘izistonda kazinolar qonuniylashtirildi, biroq ular mamlakat fuqarolari uchun emas
Foto: Getty Images
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov kazinoni qonuniylashtiruvchi hujjatlarni imzoladi, deb yozadi «Gazeta.uz». 22 iyun kuni qonunlar Jogorku Kenesh tomonidan qabul qilingandi. Shu paytgacha Qirg‘izistonda o‘yin biznesiga nisbatan to‘liq qonuniy taqiq amal qilib kelgan.

Yangi qonunlarning maqsadi investitsiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish yo‘li bilan davlat budjetiga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish hisoblanadi, deya ma’lum qildi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

O‘yin faoliyati bilan faqat MCHJ yoki YOAJ shaklidagi yuridik shaxslar 10 yil muddatga beriladigan litsenziya asosida shug‘ullanish huquqiga ega.

Kazino turar joy binolarida, OTMlar, maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa o‘quv muassasalari, tibbiyot va ibodat muassasalari hamda madaniyat muassasalari binolarida joylashishi mumkin emas.

Qirg‘iziston fuqarolari, 21 yoshga to‘lmagan chet el fuqarolari, shuningdek, aqli noraso chet el fuqarolari o‘yin muassasalari mijozlari bo‘la olmaydi.

Nashr eslatishicha, O‘zbekistonda kazino tashkilotlariga, shu jumladan, virtual kazino, totalizatorlar va boshqa azart o‘yinlariga nisbatan taqiq amal qiladi.

2019 yilda Mo‘ynoqda o‘yin zonasi tashkil etish rejalari haqida xabar berilgan, ammo qonunchilik imkoniyatlari mavjud emasligi tufayli, bu to‘xtab qoldi.

O‘sha yili 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirishni ko‘zda tutuvchi prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi. U sport, ayniqsa futbolni rivojlantirishda yordam berishi kutilgan edi. Biroq bu tashabbus ham ma’qullanmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda kazinolar qonuniylashtirildi, biroq ular mamlakat fuqarolari uchun emas