date
views 1 347

Yevroning dollarga nisbatan qiymati oxirgi 20 yildagi minimum darajada pasaydi

Yevroning dollarga nisbatan qiymati oxirgi 20 yildagi minimum darajada pasaydi
Yevroning dollarga nisbatan kursi 1,0281 dollarga pasaydi — bu 2002 yil dekabrdan buyon qayd etilgan minimum hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlikning yozishicha, kurs investorlarning Yevropa valyutasiga nisbatan qiziqishi pasaygani sababli tushmoqda: ular Yevropa markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun asosiy stavkani ko‘tarishini kutmoqda.

Bundan tashqari, bozor qatnashchilari Yevrohudud iqtisodiyotida retsessiya boshlanishidan xavfsiramoqda.

2022 yil oxiriga borib yevro qiymati dollar bilan teng bo‘lishi ehtimoli 60 foizni tashkil etadi, deb hisoblamoqda tahlilchilar. Qayd etilishicha, 4 iyul kuni bu ehtimol 46 foiz deb baholangandi.

Iyun oyida Yevrohududda yillik inflyatsiya 8,6 foizga tezlashdi. Narxlar asosan energiya, mahsulotlar, alkogol va tamaki narxining keskin qimmatlashi sababli oshmoqda.

Yevropa markaziy banki inflyatsiyaga qarshi kurashish uchun pul-kredit siyosatini keskinlashtirishga tayyorligi haqida tashkilot prezidenti Kristin Lagard may oyidayoq ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aktivlarni sotib olish dasturi yakunlanishi bilan asosiy stavkalarni oshirish boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevroning dollarga nisbatan qiymati oxirgi 20 yildagi minimum darajada pasaydi