date
views 1 427

Alisher Usmonov Irina Viner bilan ajrashish toʻgʻrisidagi arizasini qaytarib oldi

Alisher Usmonov Irina Viner bilan ajrashish toʻgʻrisidagi arizasini qaytarib oldi
Foto: «RIA Novosti»
Tadbirkor Alisher Usmonov badiiy gimnastika boʻyicha murabbiy Irina Viner—Usmonova bilan ajrashish uchun bergan arizasini qaytarib oldi, deb yozmoqda «RIA Novosti». Sud ishni yopgan.

Tadbirkor 4 may kuni ajrashish toʻgʻrisidagi da'vo arizasi bilan chiqqan edi. Ikki hafta oʻtgach, tomonlar vakillari suhbat oʻtkazdi, shundan soʻng juftlikka yakuniy qaror qabul qilish uchun vaqt berildi.

Usmonov va Viner 1992 yilda turmush qurgan.

Usmonov Rossiyaning Ukrainadagi bosqini boshlanganidan keyin AQSh, Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi tomonidan sanktsiyalarga uchradi. Tadbirkor bu davlatlarning qarorini adolatsiz deb atadi va ular uning «sha'ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obroʻsiga» putur etkazuvchi «soxta va asossiz ayblovlar» qoʻyganini aytdi. May oyida u Evropa Ittifoqining sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilishi yuzasidan shikoyat kiritishga qaror qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo