
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihullo Mujohid Termizga Afg‘oniston hududidan raketa hujumi bo‘yicha bayonot berdi.
Uning ta’kidlashicha, ushbu hodisani uyushtirganlar do‘st O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida ishonchsizlik muhitini yaratishni maqsad qilganlar.
«Tolibon» harakati ularni hibsga olish va jazolash uchun qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahriga 5 ta snaryad uchib tushgan. Natijada, Termiz shahridagi Majnuntol mahallasida joylashgan 4 ta uyga ozroq zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydoniga qulagan. Barcha snaryadlar sapyorlar tomonidan zararsizlantirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar