Foto: kartinkin.net
Qozog‘istonda “shakar firibgarlari”ning faollashuvi kuzatilmoqda. Mamlakatda shakar tanqisligi va narxlarning keskin ko‘tarilishi fonida firibgarlar arzon narxdagi shakar borligini aytib, odamlarni chuv tushirayotgani aytilmoqda.
Qozog‘iston g‘arbidagi Orol shahrida yashovchilar ana shunday firibgarlarning qurboni bo‘lishdi. Hududda qishga tayyorgarlik mavsumi boshlangani uchun odamlar qimmat bo‘lmagan narxda shakarni g‘amlab qo‘yish payiga tushishgan. E’lonlar saytlarida bir kilosi 250-300 tangadan shakar sotilayotgani haqidagi ko‘plab xabarlar paydo bo‘lgan.
Sotuvchilar xaridorlarning qo‘ng‘iroqlarini faqat Vatsap orqali qabul qilishadi hamda shakarni ko‘tarasiga sotishlarini aytishadi. Firibgarlar hatto shartnoma ham tuzishadi, xaridorlar talab qilgan hujjatlarni va mahsulotning suratlarini ham yuborishadi. Biroq to‘lov qilingandan keyin na shakar yetib keladi, na ularni topib bo‘ladi.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra birgina Orol shahrida ikkita ana shunday holat qayd etilgan. Qonun himoyachilarining aytishicha, “shakar firibgarlari”ni aniqlash va qo‘lga olish oson ish emas. Ular yaxshilab berkinishning hadisini olishgan, aksariyati hatto boshqa mamlakatdan turib odamlarni aldashadi.
“Mijozlar bilan suhbatlashish asnosida ular qanchadir mablag‘ni, taxminan 30 ming tangani hisoblariga o‘tkazishni so‘rashadi va kelishilgan manzilga 5 qop shakar yetkazib berilishini va’da qilishadi. “Siz avval pulni o‘tkazishingiz kerak, busiz men sizga mahsulotni yubora olmayman”, deyishadi ular. Odamlar ularga ishonib pulni o‘tkazganlaridan so‘ng xaridorning akkauntini bloklaydilar”, deya hikoya qiladi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati jinoiy politsiyasi tezkor xodimi Ilyos Mukanov.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston bozorlarida shakar narxi keskin oshib ketgan, natijada ushbu mahsulot arzonlashtirilgan savdo nuqtalarida ajiotaj kuzatilgandi.
Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2022 yil 6 iyul kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra 1 kg shakar 10 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha sotilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston eng ko‘p qaysi oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishi ma’lum bo‘ldi
Shakarqamish O‘zbekistonga 2022 yilning dastlabki 5 oyida xorijdan import qilingan mahsulotlar ichida eng katta ulushga ega bo‘lgan mahsulot bo‘ldi. Yanvar-may oylarida mamlakatga 153 mln dollarlik shakarqamish import qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vazirlik va idoralar xodimlari soni qisqartirilmoqda
Yangi Cobalt Midnight 7,3 million so‘m qimmatroq bo‘ladi
Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimizga, orzumizga hali yetmadik"
Eron yaqin kunlarda Isroilga «halokatli zarbalar» bermoqchi
Xitoy tovushdan tez uchuvchi yo‘lovchi samolyotni sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Putinning maslahatchisi yadro qurolini “Xudoning tuhfasi” deb atab, undan foydalanishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga 5,5 mlrd dollarlik qurol yetkazib bergani aytilmoqda
Qodirov harbiy universitetga hujum uchun Ukrainаdan qasos olishga va’da berdi