Foto: IMAGO
Germaniyaga urushdan qochgan qariyb 900 ming ukrainalikdan 350 mingdan ortig‘i ish qidirish uchun ro‘yxatga olindi. Ish bilan ta’minlashdagi asosiy qiyinchiliklar til va bir vaqtning o‘zida bolalarni nazorat qilish zarurati hisoblanadi.
Urush boshlanganidan beri Germaniyaga 870 mingdan ortiq ukrainalik kelgan, ulardan 350 mingga yaqini butun mamlakat bo‘ylab bandlik markazlarida ro‘yxatdan o‘tgan, deb xabar berdi RND dushanba, 11 iyul kuni Federal mehnat agentligi (Bundesagentur für Arbeit, BA) ma’lumotlariga tayanib.
Jami 876 461 ukrainalik Germaniyaga kelgan, deya xabar berdi BA. Bandlikka ko‘maklashish markazlari va shunga o‘xshash shahar muassasalarida 353 ming 424 nafar, shu jumladan, 265 ming nafar mehnatga layoqatli yoshdagilar ro‘yxatga olingan. 121 ming ukrainalik bolalar uchun nafaqa olishga ariza topshirdi, deb yozadi RND.
Urush boshidan buyon mamlakatga kelgan Ukraina fuqarolari uchun 144 ming integratsiya kurslari tasdiqlandi. Ular chet elliklarga mamlakatning kundalik hayotiga ko‘nikish, til o‘rganish va ish topishga yordam beradigan maxsus kurslardir.
Tegishli bo‘sh ish o‘rinlarini topishdagi qiyinchiliklar nomzodlarning aksariyati (75 foizdan ortig‘i) ayollar ekani bilan bog‘liq, ular bir vaqtning o‘zida kurslarga qatnab, bolalarga qarashi kerak, deyiladi BA hisobotida. Ish beruvchilar til bilmaslikni yana bir jiddiy to‘siq deb atayapti.
Agentlik mehnat bozoridagi vaziyatni «barqaror» deb ko‘rsatmoqda. «Ukrainalik qochqinlar mehnat bozorida qay darajada uzoq muddatli rol o‘ynashi voqealar rivojiga va ularning mamlakatda qancha vaqt qolishiga bog‘liq», deyiladi BA hisobotida. Qochqinlar oqimi har qanday holatda ham ishsizlikning oshishiga olib keladi, chunki urushdan qochgan suriyaliklardan farqli o‘laroq, Ukraina fuqarolari Hartz IV nafaqasini oladi va mehnat bozoriga qo‘shilish huquqiga ega, deb yozadi idora. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi