Foto: AA
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Srebrenitsa qatliomiga aloqador tomonning aybini sidqidildan tan olish o‘rniga o‘zini oqlashga urinib kelayotganini insoniyat uchun sharmandali holat deb atadi. Bu haqda Bosniya va Hersegovinada qirg‘inda halok bo‘lganlarni xotirlash marosimi ishtirokchilariga yo‘llangan murojaatda so‘z boradi.
«Srebrenitsa qatliomining 27 yilligida bosniyalik birodarlarimizga qalbimizda kechayotgan iztirob va hamdardlikni izhor etamiz. Bu – Yevropa tarixidagi qora dog‘, inson qadr-qimmatining poymol etilishidir», – deyiladi murojaatda.
Erdo‘g‘on ko‘plab bosniyaliklar hali-hamon dom-daraksiz yo‘qolgan yaqinlarining taqdiridan bexabar ekanini qayd etgan.
«Butun tarix davomida, quvonchli va tashvishli kunlarda bosniyalik birodarlarga yelkadosh bo‘lgan Turkiya kelajakda ham Bosniya va Hersegovinani qo‘llab-quvvatlaydi. Biz 27 yil avval butun dunyo va yevropalik askarlar ko‘z o‘ngida ro‘y bergan qatliom unutilishiga yo‘l qo‘ymaymiz», – deydi Turkiya rahbari.
Xalqaro mahkama Srebrenitsa qirg‘inini genotsid deb tan olgan. Foto: Getty Images
Srebrenitsa qatliomi Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropada ro‘y bergan eng katta fojialardan sanaladi.
BMT Xavfsizlik kengashi 1993 yili Srebrenitsani xavfsiz hudud deb e’lon qilgan, ammo bu ham ommaviy qirg‘inni to‘xtata olmagan. 1995 yilning 11 iyulida Srebrenitsa aknlavi general Ratko Mladich boshchiligidagi serb armiyasi tomonidan bosib olingan. O‘sha mash’um kunlarda serb askarlari tomonidan 8 mingdan ziyod bosniyalik musulmon o‘ldirilgan. Tinch aholi vakillari BMT shafeligidagi niderland askarlaridan himoya so‘ragani, ammo ular himoyasiz aholini harbiylar qo‘liga topshirib qo‘ygani aytiladi. Halok bo‘lgan bosniyaliklar ommaviy qabrlarga ko‘mib yuborilgan.
Sobiq Yugoslaviya bo‘yicha Haaga xalqaro mahkamasi va BMT xalqaro sudi Srebrenitsadagi jinoyatlarni rasman genotsid deb tan olgan. Serbiya parlamenti qirg‘inni qoralagan, ammo uni qatliom deb tan olishdan bosh tortgan. Yevropa parlamenti 11 iyul sanasini Srebrenitsa qatliomini xotirlash kuni deb e’lon qilgan.
2001-2017 yillarda sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro mahkama serb komandirlarini turli muddatga ozodlikdan mahrum etgan. 2017 yilning noyabrida serb armiyasi qo‘mondoni Ratko Mladichga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. Xalqaro mahkama qatliom avvaldan rejalashtirilgan holda amalga oshirilgan deb xulosa bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?