
Isroil bosh vaziri Yair Lapid.
Kollektiv G‘arb davlatlari Eronning yadro dasturini to‘xtatish uchun kuch ishlatishga tayyor. Bu haqda Isroil bosh vaziri Yair Lapid ma’lum qildi. Bosh vazirning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Unga ko‘ra, Eronni diplomatiya yo‘li bilan to‘xtatib bo‘lmaydi.
«Eronni to‘xtata oladigan yagona narsa bu erkin dunyo davlatlari unga qarshi kuch ishlatishga tayyorligini anglashdir», degan Lapid AQSH prezidenti Jo Bayden bilan qo‘shma matbuot anjumanida.
Bosh vazirga ko‘ra, harbiy tahdid rasmiy Tehronning yadro dasturini to‘xtatishiga sabab bo‘ladi.
Bayden va Lapid shuningdek, ikki davlatning xavfsizlik sohasidagi munosabatlarini kengaytirish va Eronning mintaqani beqarorlashtirishiga qarshi deklaratsiyani imzolagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar