Foto: Picture Alliance
Ukrainadagi urush va energiya tashuvchilarga yuqori narxlar fonida Yevrokomissiya yevrozonada rekord darajadagi yuqori inflyatsiyani kutmoqda - yiliga o‘rtacha 7,6 foiz. Bu haqda YEI komissiyasining 14 iyul, payshanba kuni chop etilgan yozgi prognozida aytiladi. Bahorgi prognozda, may oyida inflyatsiya darajasi 6,1 foizni tashkil etgandi.
Umuman Yevropa ittifoqida ekspertlar narxlarning avvalgi 6,8 foiz o‘rniga 8,3 foizga oshishini taxmin qilmoqda. Shu bilan birga, 2023 yilda inflyatsiya, Yevrokomissiya ma’lumotlariga ko‘ra, deyarli ikki baravar kamayishi kerak: yevrohududda o‘rtacha 4 foizgacha va butun Yevropa ittifoqida 4,6 foizgacha.
Iqtisodiy o‘sish bo‘yicha, Yevrokomissiya 2022 yilda Yevropa ittifoqi iqtisodiyoti 2,7 foizga o‘sishini taxmin qilishda davom etmoqda. Yevrohudud 2,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, bu may oyidagi prognozdagi mos ko‘rsatkichdan biroz kamroq (2,7 foiz).
Biroq, 2023 yil uchun Yevropa ittifoqi komissiyasi o‘z prognozlarini pastga qarab qayta ko‘rib chiqdi. Yevropa ittifoqida umumiy o‘sish 1,5 foiz, yevrohududda esa 1,4 foiz bo‘lishi kutilmoqda. May oyida iqtisodchilar Yevropa ittifoqida ham, yevro hududida ham 2,3 foizni kutishgan. Prognoz qilingan qiymatlarning sezilarli darajada pasayishi sabablaridan biri energiya bozorlaridagi vaziyat bo‘lib qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi