
Foto: ALEXEI NIKOLSKY/TASS
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi jangovar harakatlarda ishtirok etayotgan «Sharq» («Vostok») guruhi pozitsiyasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Tekshiruv davomida Shoygu guruh qo‘mondoni general-leytenant Rustam Muradovning frontdagi vaziyat bo‘yicha hisobotini tinglagan. Ushbu guruh qo‘mondoni ismi-sharifi vazirlik tomonidan ilk bor oshkor etilgan.
Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Shoygu birinchi galda Ukraina armiyasining uzoq masofaga mo‘ljallangan raketa va artilleriya qurollarini yo‘q qilishga e’tibor qaratish bo‘yicha topshiriq bergan, bunday vositalar orqali «Donbassdagi turar joy kvartallari o‘qqa tutilib, bug‘doy ekilgan dalalar va g‘alla saqlanayotgan omborlarga qasddan o‘t qo‘yilayotgani» aytilgan.
16 iyul kuni RF mudofaa vazirligi Shoygu «Janub» (qo‘mondoni general Sergey Surovik) va «Markaz» (qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin) guruhlarida bo‘lganini xabar qilgandi.
Mudofaa vaziri bundan oldin Ukrainadagi rossiyalik harbiylar pozitsiyalariga iyun oyi oxirida kelgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar