Foto: AP Photo/Matt Dunham
Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati yangi harorat rekordini qayd etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surrey grafligidagi Charlvud shaharchasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan.
Rekord 19 iyul kuni qayd etildi. Xabar qilinishicha, harorat tungi vaqtda 25,8 darajani tashkil etgan.
Buyuk Britaniyadagi avvalgi harorat rekordi 2019 yilning 25 iyulida Kembrijdagi botanika bog‘ida qayd etilgan va 38,7 darajaga teng bo‘lgan.
Ekspertlar Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiyada ham yangi rekordlar qayd etilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuchlarining Brayz-Norton aviabazasi va Londondagi Luton aeroporti jazirama ob-havo tufayli faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...