16:16 / 21.07.2022
1 666

MRB direktori Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi yo‘qotishlarini baholadi

MRB direktori Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi yo‘qotishlarini baholadi
Foto: AP
Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Bernsning aytishicha, Ukrainadagi urushda 15 mingga yaqin rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. U bu raqamni 20 avgust, chorshanba kuni Koloradodagi Aspen xavfsizlik forumida so‘zlagan nutqida keltirib o‘tdi.

«AQSH razvedka hamjamiyatining so‘nggi hisob-kitoblariga ko‘ra, taxminan 15 000 kishi halok bo‘lgan, yaradorlar soni esa taxminan uch baravar ko‘p, - dedi u. - Ukrainaliklar ham jabr ko‘rdi - ehtimol, biroz kamroq, lekin baribir, bu katta yo‘qotishlardir».

Bernsning ta’kidlashicha, rus qo‘shinlarining Donbassdagi hujumi, hozirgi vaziyatdan kelib chiqib baholansa, Moskva urush boshidagi xatolaridan saboq chiqarganini ko‘rsatadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari o‘z ustunligi va o‘q otish kuchidan foydalanib, uzoq masofalardagi Ukraina nishonlarini yo‘q qilish va zaif tomonlarini yopish uchun yaxshiroq holatda bo‘lib turibdi.

Rossiya ham, Ukraina ham o‘z yo‘qotishlari haqida operativ ma’lumotlarni taqdim etmayapti. Britaniya razvedkasi, o‘z navbatida, iyun oyida urush paytida halok bo‘lgan rus askarlari soni 15-20 ming kishini tashkil etgani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi 38 750 kishining o‘lganini aytmoqda. «Mediazona» va VVS’ning ochiq manbalar asosida to‘plangan ma’lumotlariga ko‘ra, 15 iyul holatiga ko‘ra 4760 kishi halok bo‘lgani aniqlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MRB direktori Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi yo‘qotishlarini baholadi