Ozarbayjon askarlari Rossiya tinchlikparvar kuchlari kolonnasini to‘xtatib qoldi

Qorabog‘dagi Rossiya tinchlikparvar kuchlarining javobgarlik zonasida ruxsatsiz qurol olib o‘tishga urinishning oldi olindi. Bu haqda xabardor manbalarga tayanib, “Minval” nashri xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasining nazorat-o‘tkazish punktida Rossiya Federatsiyasi tinchlikparvar kuchlarining Agdam orqali Askeran-Agdere yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan 1 ta BTR 82A bronetransportyori va 3 ta “Ural” rusumli avtomashinadan iborat kolonnasi ko‘rikdan o‘tkazish uchun to‘xtatilgan.
Avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish chog‘ida mashinalardan birining yuk bo‘limida matraslar orasidan beshta Kalashnikov avtomati (AKM) topilgan.
Qoidalarning qo‘pol ravishda buzilishiga – qurol va o‘q-dorilarni hujjatsiz tashishga javoban, karvon to‘xtatilib, ortga qaytarilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing