
Foto: Yoruk Isik | Reuters
Moskva va Kiyev Ukrainadan g‘alla olib ketayotgan kemalarga hujum qilmaslik to‘g‘risida kelishib oldi, deb ma’lum qildi BMT vakili.
"Har ikki tomon Ukraina portlaridan ketayotgan, Qora dengizga chiqayotgan kemalarga hujum qilmaslikka kelishib oldi. Shu tarzda xavfsiz yo‘lak ta’minlanadi. Bunga amal qilinishini Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazi kuzatib boradi", - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, markazda BMT tomonidan ham kuzatuvchi vakil bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina Istanbulda Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Ukraina tomonidan shartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov, Rossiya tomonidan mudofaa vaziri Sergey Shoygu imzoladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar