22:10 / 23.07.2022
4 819

O‘zbekistonliklarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish bo‘yicha e’lonlar tarqalmoqda

O‘zbekistonliklarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish bo‘yicha e’lonlar tarqalmoqda
Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi axborot kanallarida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan fuqarolarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish to‘g‘risida e’lonlar tarqalmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bu bo‘yicha ogohlikka chaqirdi.

Mustaqil jurnalistik surishtiruvlarda ushbu e’lonlar orqali fuqarolarni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish asosiy maqsad ekani ma’lum qilinmoqda. Shu munosabat bilan fuqarolardan xorijda ish taklif etilayotgan norasmiy e’lonlarga ishonmaslik so‘ralgan.

«Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekistonliklarni yuqori maosh evaziga Rossiyaga ishga taklif qilish bo‘yicha e’lonlar tarqalmoqda