AQSH Eron oldiga ikkita variant qo‘ydi, ammo Eron uchinchisini ma’qul ko‘rdi.
AQSHning Eronga oid masalalar bo‘yicha vakili Robert Malli CNN telekanaliga bergan intervyusida Eron yadroviy kelishuvni qayta tiklash yoki Rossiya bilan aloqalarni o‘rnatish masalasida tanlov qilishi kerakligini aytgan, ammo Eron juma kuni hech biridan voz kechmasligini ma’lum qildi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani Twitter sahifasida Eronning pozitsiyasini bildirgan: “JCPOA (Eron yadroviy kelishuv dasturi) va qo‘shnilar bilan Eron yaxshi aloqada. AQSHning qat’iyatsizligi kelishuvga erishishdagi asosiy to‘siq bo‘lib kelmoqda. Rossiya bilan qo‘shnichilik siyosati uchun JCPOA yoki AQSHdan ruxsat olmaymiz".
Yadroviy kelishuvni tiklash imkoniyati kundan-kun torayib borayotganini qo‘shimcha qilgan Malli Vashingtonning Eronni yadro quroliga ega bo‘lish imkonini yo‘qqa chiqarishga intilayotganini ta’kidladi.
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Eronni Ukraina xalqiga qarshi urushda Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlagan oz sonli davlatlardan biri ekanligini aytib, Tehron uchun yadroviy kelishuvga qaytish eng yaxshi yechim ekanligini takidlagan. Agar Eron yadroviy kelishuv bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, AQSH sanksiyalarni o‘z kuchida qoldirmoqchi.
Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon o‘z mamlakatining yadroviy kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha to‘xtab qolgan muzokaralar bo‘yicha pozitsiyasini yana bir bor ta’kidlab, Eron kuchli va barqaror kelishuvga erishishga jiddiy yondashishini aytgan.
Abdullahiyon Eron telekanaliga bergan intervyusida Vashingtonning yadroviy kelishuvni qayta tiklashga to‘sqinlik qilish haqidagi ayblovini rad etib, bu ayblovni "yolg‘on" deb ta’rifladi.
Shuningdek, u o‘z mamlakati AQSH bilan bilvosita muzokaralarni davom ettirishini ta’kidlab, o‘ldirilgan sobiq qo‘mondon general Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun javob berilishi kerakligini, ish shunchaki yopilmasligi va qo‘mondon uchun o‘ch olish ularning burchi ekanligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?