
Foto: Getty Images
«Barselona» himoyachisi Xerard Pike va Shakira ajrimdan so‘ng farzandlarining kelajagini muhokama qilishda davom etmoqda.
Xonanda Pike bilan ajrashganidan so‘ng yashash uchun Mayamiga yo‘l olgan va farzandlari ham o‘zi bilan birga bo‘lishini xohlamoqda.
Marca nashrining xabariga ko‘ra, himoyachi avval farzandlarini onasining yoniga yuborishni rad etgan bo‘lsa-da, endi bunga rozi bo‘ldi.
Biroq Pike ikkita majburiy shart qo‘ydi. Birinchidan, futbolchi Shakiradan farzandlarini ko‘rib turishi uchun Mayamiga yilda 5 ta reysga chipta taqdim etishni so‘raydi.
Ikkinchidan, Xerard xonandadan qarzlarini qoplash uchun 400 ming yevro talab qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar