16:55 / 30.07.2022
2 046

Ukrainada mahalliy aholiga palov tarqatgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Ukrainada mahalliy aholiga palov tarqatgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Foto: RFE / RL
Ukrainaning Chuguiv shahrida mahalliy aholiga palov tarqatgan 36 yoshli o‘zbekistonlik Sardor Hakimov raketa zarbasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda «Nastoyasheye vremya» nashri xabar bermoqda.

«Uni butun Chuguiv tanir edi. Hamma Sardor Hakimovning tirik ekanligiga oxirigacha umid qildi. U har doim tabassum qilardi, juda ijobiy kayfiyatdagi inson edi», - dedi Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov.

Mahalliy imom Timur Beridzening aytishicha, Sardor Hakimov otishma paytida yerto‘lada bo‘lib, u yerda palov pishirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Hakimov, Ukraina matbuotiga ko‘ra, 2000 yildan beri Lugansk oblastining Severodonetsk shahrida istiqomat qilgan. Urushdan keyin, 2014 yilda u Chuguivga ko‘chib o‘tgan. U yerda o‘zbek oshxonasi va ziravorlar do‘konini ochgan. Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Hakimov oilasini O‘zbekistonga yuborgan va o‘zi Chuguivda qolib, odamlarga yordam berish bilan shug‘ullangan.

Sardor Hakimov 25 iyul kuni vayronalar ostidan qutqarilgan Mansur Hakimovning ukasi hisoblanadi.

Xarkiv oblastining Chuguiv shahri 25 iyul kuni S-300 tizimlaridan o‘qqa tutildi: odamlar yashiringan Madaniyat uyi, Ofitserlar uyi va litsey vayron bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududiy mudofaa bazalari yo‘q qilinganini bildirdi.

Zarba uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning aytishicha, ularning barchasi ko‘p qavatli uyning yerto‘lasidan bombapanohgoh sifatida foydalangan, biroq u zarbaga dosh bera olmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada mahalliy aholiga palov tarqatgan o‘zbekistonlik halok bo‘ldi