Foto: Global Look Press
Germaniyaning OBI GmH qurilish va xo‘jalik mollari do‘konlari tarmog‘i rossiyalik investorlar bilan kompaniyaning oltita yuridik shaxsini sotish bo‘yicha kelishuv imzoladi. «Vedomosti» gazetasining yozishicha, kelishuv summasi 1 yevroni tashkil etadi.
Kelishuvning birinchi bosqichida Rossiyadagi do‘konlar tarmog‘i bilan bog‘liq firmalarning 40 foiz ulushi GISK Max investitsiya-qurilish kompaniyalari guruhiga o‘tadi, 60 foizini Supernova kompaniyalar guruhi vakili, biznesmen Yozef Liokumovich oladi.
Aniqlik kiritilishicha, keyinchalik GISK Max o‘z ulushini «uchinchi shaxslar»ga sotishi mumkin bo‘ladi. Federal antimonopoliya xizmati mazkur kelishuvni ma’qulladi.
OBI kompaniyasining Rossiyadagi bo‘limi mazkur xabar bo‘yicha izoh berilmasligini bildirdi. OBI GmH 17 mart kuni Rossiyadagi do‘konlari yopilishini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi