11:19 / 21.02.2015
12 893

Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari reytingi tuzildi

Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari reytingi tuzildi

«Slova i dela» tashkiloti ekspertlari turli davlatlar rahbarlari maoshlarini hisoblab chiqdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Ukraina prezidenti yiliga 11 640 dollar, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 115 ming dollar, Belarus prezidenti esa 33 600 dollar maosh olishi aniqlandi.

Biroq na Poroshenko, na Lukasheno va hattoki na Putin baland maosh oluvchi davlat etakchilari 20 taligiga kirdi.

Reytingda 2 million 183 ming 516 dollar yillik maosh bilan Singapur bosh vaziri Li Syan Lun etakchilik qildi. Ikkinchi pog‘onani Gonkong ijroiya ma’muriyati rahbari Chun Ing Leunga egalladi (530 ming dollar).

Reytingdan ma’lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti Barak Obama yiliga 400 ming dollar (3-o‘rin), Germaniya kansleri Angela Merkel 283 ming dollar (9-o‘rin), Fransiya prezidenti Fransua Olland 230 ming dollar (13-o‘rin), Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 215 ming dollar (14-o‘rin) ishlab topadi.

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eng ko‘p maosh oluvchi davlat rahbarlari reytingi tuzildi