Qisman tan olingan Kosovo shimolidagi Kosovska-Mitrovitsa shahrining shimoliy qismida havo sirenalari eshitildi, deb xabar bermoqda «Novosti.rs».
Janubiy qismda, shaharni ajratib turuvchi ko‘prik orqasida 200 ga yaqin albanlar to‘plangan. Serblar barrikadalar qura boshlagan hamda Rudar va Zupchada Albaniya maxsus kuchlarining yo‘lini to‘sib qo‘ygan.
Kosovo bosh vaziri Albin Kurti Yarine chegara punktiga qurolli maxsus kuchlarni yubordi.
Kosovo politsiyasi «Brnyak» o‘tish joyini yopib qo‘ydi, Rudnitsa o‘tish joyidan esa faqat Kosovo davlat raqamlari bo‘lgan avtomobillarning o‘tishiga ruxsat berilgan.
Kosovo hukumati ushbu hududda yashovchi serblarga qarshi operatsiya tayyorlamoqda, dedi Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich.
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya hech qachon bugungidek qiyin va og‘ir ahvolda bo‘lmagan. «Prishtina rejimi o‘zini qurbon sifatida ko‘rsatib, dunyodagi kayfiyatdan foydalanishga harakat qilmoqda», — dedi Vuchich.
Uning ta’kidlashicha, Kosovo hukumati Serbiyada berilgan hujjatlarga ega fuqarolarning o‘z hududiga kirishiga to‘sqinlik qilmoqda va ulardan avtomobillarini Kosovo davlat raqamlari bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni talab qilmoqda.
Vuchich albanlarni ham, serblarni ham tinchlikni saqlashga chaqirdi. Shu bilan birga, u serblar taslim bo‘lmasligini aytdi.
Serbiya Mudofaa vazirligi Kosovoga qo‘shin kiritilmasligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»