Muqaddas Ka’baning kisva (mato qoplamasi) almashtirildi. Bu haqida Musulmonlar idorasi xabar berdi. Qayd etilishicha, yangi hijriy sana boshlanishi munosabati bilan Ka’baga yangi ka’bapo‘sh yopildi.
Mazkur yillik tadbirda Ikki Muqaddas Haram masjidlari idorasi rahbari, shayx Abdurrohmon As-Sudays boshchiligidagi 166 nafar texnik xodimlar va hunarmand ishtirok etgan.
“Ka’bapo‘sh – Kisva” tayyorlanish jarayonida qora rangga bo‘yalgan 670 kg xom ipak, 120 kg oltin sim va 100 kg kumush simdan foydalanildi.
“Podshoh Abdulaziz nomidagi “Ka’bapo‘sh – Kisva” majmuasida bo‘yash va avtomatik to‘qish, qo‘lda to‘qish, bosmalash, tikish va yig‘ish bo‘limlari hamda Ka’ba kamari va oltin bo‘limida 200 ga yaqin hunarmand va ma’murlar mehnat qildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, tikuv ustaxonasida uzunligi 16 metr bo‘lgan, kompyuter tizimi bilan ishlaydigan dunyodagi eng uzun tikuv mashinasi joylashgan.
Ma’lumot uchun, “Ka’bapo‘sh”ni tikish ishi 6 oyda yakunlandi. Kisva sof ipakdan qilingan bo‘lib, uni tayyorlash jarayonida 150 kg oltin va kumush iplar ishlatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»