
Foto: Getty Images
AQSHning sakkizta F15 qiruvchi samolyoti vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining samolyotini kuzatib borish uchun Okinavadagi bazadan havoga ko‘tarildi. Bu haqda NHK xabar berdi.
Shuningdek, qiruvchi samolyotlarga beshta yonilg‘i quyuvchi samolyot hamrohlik qiladi.
Bundan tashqari, AQSHning EP-3 radiotexnik razvedka samolyoti Sharqiy Xitoy dengizi tomon yo‘l olgan.
2 avgust kuni kechqurun AQSH vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Tayvanga kelishi kutilmoqda.
Xitoy hukumati bir necha bor AQSHni Pelosining Tayvanga tashrifini bekor qilishga chaqirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar