
2 avgust kuni AQSH Alina Kabayeva va yana bir necha yuqori martabali rossiyaliklarga sanksiyalar qo‘lladi. RF oliy sudi Bosh prokuratura davosi bilan «Azov» polkini terrorchi tashkilot deb e’lon qildi hamda uning Rossiyada faoliyat yuritishini taqiqladi. Rossiya harbiylari tunda ikki bor Mikolayivni o‘qqa tutgan, mahalliy rasmiylarga ko‘ra, universitetdagi oshxona binosi shikastlangan. Ukraina hukumatining majburiy evakuatsiya to‘g‘risidagi buyrug‘iga bo‘ysungan holda Kramatorsk va boshqa aholi punktlaridagi ukrainlar o‘z uylarini tark etmoqda.
Quyida 2 avgust kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.
Mariupol

Mariupolda yonib ketgan mashinalar fonidagi rossiyalik harbiylar tomonidan yo‘q qilingan ko‘p qavatli uylar xarobalari. Hozirda Mariupolda nimalar bo‘layotgani haqida deyarli ma’lumot yo‘q — buni faqat ishg‘oldagi ma’muriyat va Rossiya rasmiylaridan bilish mumkin.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mariupoldagi okkupatsiya ma’muriyati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yo‘lovchi avtobusi.
Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donbass shimoli

87 yoshli Valentina Abramanovskaya Kramatorskdan evakuatsiya vaqtida qo‘lida o‘z onasi va singlisining 50 yil oldin olingan fotosuratini tutib turibdi. Abramanovskaya o‘zi yashab kelgan qishloq o‘qqa tutilgach, u yerdan ketishga majbur bo‘lmoqda.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

Refugease tashkiloti ko‘ngillilari Kramatorskda 84 yoshli Viktor Maryuxega to‘shakdan ko‘tarilishda yordam bermoqda. Maryuxe va Kramatorskda yashovchi boshqa kishilar hukumatning Donbass aholisini majburiy evakuatsiya qilish to‘g‘risidagi buyrug‘idan keyin Ukrainaning boshqa xavfsiz hududlariga ketishiga to‘g‘ri kelmoqda.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA

Marina Gavrish o‘z eri Vadim bilan birga ota-onasini Kramatorskdan evakuatsiyaga kuzatmoqda. U yaqinlarini yana qayta ko‘rishi dargumon ekanni aytadi: bunday yoshda qariyalar doimiy parvarishga muhtoj, endi esa u buni ta’minlay olmaydi.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Mikolayiv

Mikolayivga hujum oqibatlari. Portdagi o‘simlik moyi saqlanadigan omborxona yonib ketgan.
Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi

Ukrain o‘t o‘chiruvchilari Mikolayiv portiga rossiyalik harbiylar tomonidan uchirilgan raketalar kelib tushishi oqibatida o‘simlik moyi saqlanadigan omborda chiqqan yong‘inni o‘chirmoqda. Foto: Kostyantin і Vlada Lіberovi
Xarkiv oblasti

Ukrain sapyorlari Xarkiv oblastida rossiyaliklar raketalari qoldiqlarini yig‘ishtirmoqda. 2 avgust kuni Zolochevskiy rayon yana bir bor raketalar hujumiga uchradi. Turar joy binosi vayron bo‘lgan, qurbonlar yo‘q.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrain artilleriyachisi Xarkiv atrofidagi pozitsiyada bussolga (artilleriya zarbasini yo‘naltirish moslamasi) qaramoqda.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Ukrainlarning «Verba» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi Xarkiv frontida rossiyaliklar pozitsiyalariga snaryad yog‘dirmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Xarkivda komendantlik soati boshlanayotgan chog‘dagi momaqaldiroq.
Nacho Doce / Reuters / Scanpix / LETA

1 mart kuni Rossiya raketasi zarbasidan shikastlangan Xarkiv oblasti ma’muriyati binosi.
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar