1 977
Kreml Rossiya Ukraina muammosini diplomatiya yo‘li bilan hal etishga tayyorligini bildirdi
Rossiya Ukraina muammosini o‘z shartlarida diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Germaniya sobiq kansleri Gerxard Shredyorning Rossiya mojaroni muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish istagi borligi haqida aytgan gaplariga shunday munosabat bildirdi.
“Rossiya Ukraina muammosini o‘z shartlarida diplomatiya yo‘li bilan hal qilishga tayyor va tayyorligicha qolmoqda. Bu shartlar Istanbulda kelishib olingan edi, va ular har ikki tomon, Rossiya va Ukraina muzokarachilar tomonidan muvofiqlashtirilgan edi.
Keyin Ukraina tomoni kelishuvdan bosh tortdi va muzokaralarni bas qildi. Rossiya tayyor, bizning shartlarimiz Ukraina tomoniga juda yaxshi ma’lum”, - dedi Kreml vakili.
Peskov Shredyor Ukraina atrofidagi muammoni diplomatiya yo‘li bilan hal etishda vositachi bo‘lish istagini bildirmaganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya-Ukraina muzokaralari
Rossiya-Ukraina muzokaralari 28 fevralda, urush boshlaganidan to‘rt kun o‘tib o‘tkazila boshladi. Belarusda bir nechta uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, keyin muzokarachilar video aloqa orqali muloqotni davom ettirdi. 10 mart kuni Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum doirasida Turkiya Rossiya va Ukraina Tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Dmitriy Kulebaning uchrashuvini tashkil qildi. 29 mart kuni esa Istanbulda yuzma-yuz muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomonidan o‘rganib chiqiladigan va mamlakat rahbariyatiga yetkaziladigan aniq shakllangan pozitsiya va takliflarni oldi.
Biroq, keyinroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina muzokaralar jarayonini sekinlashtirish maqsadida o‘z takliflaridan voz kechib, ko‘plab provokatsiyalar yaratayotganini aytdi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada tinchlik Rossiya shartlarida o‘rnatilishini ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi