Foto: REUTERS/Evgenia Novozhenina/Pool
Moskva viloyati Ximki sudi amerikalik basketbolchi ayol Brittni Graynerni gashish moyi kontrabandasi uchun to‘qqiz yil muddatga umumiy tartibdagi koloniyada jazo o‘tashga hukm qildi. U shuningdek, 1 million rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Sud Graynerning aybini qisman tan olishi va sportda erishgan yutuqlarini yumshatuvchi holatlar deb topdi.
Prokuror Brittni Graynerni 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish va 1 million rubl miqdorida jarimaga tortishni so‘ragandi.
Grayner suddagi so‘nggi so‘zida bu ishi xato bo‘lganini aytdi.
Sud ishida unga Arizona shtatilik shifokor og‘riq qoldiruvchi dori sifatida marixaunani tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi.
Grayner fevral oyida Nyu-Yorkdan "Sheremetevo" aeroportiga uchib kelganida qo‘lga olingandi. Uning qo‘l yuki tekshiruvdan o‘tkazilganida yuklari orasidan o‘ziga xos hidli suyuqlik topilgan – ekspertiza uning gashish moyi ekanligini aniqlagan.
Grayner – dunyoning eng ko‘p mukofotga erishgan basketbolchi ayollaridan biri. U AQSH terma jamoasi tarkibida ikki karra olimpiya va ikki karra jahon chempioni, "Finiks" jamoasi tarkibida WNBA chempioni bo‘lgan. 2015 yildan buyon Yekaterinburgning UGMK jamoasida o‘ynaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi