Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush hali-beri tugamaydi, urush davom etishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ukrainaning ikkinchi Prezidenti Leonid Kuchma BBS-Ukraina xizmatiga bergan intervyusida harbiy harakatlar xususida fikr bildirdi.
“Ruslar to‘satdan asl maqsadni bilib qoladi va urushga qarshi norozilik namoyishiga chiqadi... degan xomxayolga ishonmaslik kerak. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi. Ukraina kurashmog‘i va hammasini jang maydonida hal qilmog‘i kerak. Urush yaqin orada tugashiga ishonmayman”, dedi Kuchma.
“Tarqqiy etayotgan dunyoda mojaroli tomonlar avvalo g‘alaba qozonish yo‘lini izlashga harakat qiladi. Tomonlar u yoki bu darajada g‘olib bo‘lib, mag‘lubiyatni his qilmaydigan – win-win holati bo‘ladi. Lekin bu holat na Ukraina, na Rossiyaga tegishli emas”, deb ta’kidlagan sobiq Prezident.
Kuchma Ukrainaga G‘arbdan kirib keladigan qurollar salmog‘i ortishiga umid bog‘layapti, Rossiya esa iqtisodiyotni harbiy asosda boshqarishni ko‘zlayapti, deb ta’kidladi.
Leonid Kuchma urushni Ukraina qurolli kuchlarining janub tomondan qarshi urushi va Xersonning ozod qilinishi hal qilishi mumkin dedi. Yana Rossiya gazisiz sovuq davr yaqinlashayotgani, G‘arbdagi siyosiy inqirozlar va saylovlar natijalari, Yevropa xalqining farovonlik darajasi tushishiga tayyor emasligi ham urushda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin, dedi u.
Kuchma Rossiya yadro qurolidan foydalanishiga ishonmasligini, o‘rni kelganda taktik yadro qurolini ishga solishini inkor etmasligini bildirdi.
“Dunyo Uchinchi jahon urushi arafasida turibdimi, Rossiya Litva yoki Polshaga hujum qilishi mumkinmi?” degan savolga Ukrainaning sobiq Prezidenti:
– Gitler Polshaga kirib kelganida Ikkinchi jahon urushi boshlangani haqida hech kim o‘ylab ham ko‘rmagandi. Hozirgi sharoitda Ukraina ruslarning tajovuziga munosib javob qaytarishi Uchinchi jahon urushining oldini olishi mumkin. Balki allaqachon boshlangandir ham... Agar biz qat’iy turib bera olsak, Rossiya olg‘a yurolmaydi. Agar chekinsak, urush uzoq davom etishidan qo‘rqaman. Lekin biz uddalaymiz, – deb javob berdi Ukrainaning sobiq prezidenti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi