Foto: TASS
Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila va uning yangi eri Moskva meriyasi va davlat banklaridan millionlab rubl oladi, shuningdek, Aleksey Navalniy jamoasining yangi surishtiruviga ko‘ra, Yevropada ko‘chmas mulkka egalik qiladi.
Aleksey Navalniyning safdoshlari Vladimir Putinning sobiq xotini Lyudmila haqida film chiqardi. 44 daqiqalik video muxolifatchi siyosatchining YouTube-kanalida 4 avgust, payshanba kuni joylashtirildi. Filmning katta qismi Rossiya prezidenti sobiq xotinining daromad manbalariga bag‘ishlangan bo‘lib, mualliflar fikriga ko‘ra, ulardan asosiysi unga shahar hokimiyat organlari tomonidan berilgan Moskva markazidagi tarixiy uy.
Surishtiruv o‘tkazganlarning ma’lumotiga ko‘ra, 2000-yillarda Lyudmila Putina o‘zi uchun maxsus tashkil etilgan «Rus tilini rivojlantirish markazi»ni boshqargan. Moskva meriyasi va prezident ishlarini boshqarish bo‘limi unga 1774 yilda Kreml yaqinidagi Vozdvijenka ko‘chasida qurilgan uy va poytaxt markazidagi yer uchastkasini o‘tkazib bergan. Uy qayta ta’mirlandi, ikki qavatli qilib qurildi va «Shaxslararo aloqalarni rivojlantirish markazi» deb nomlandi.
Hozirda uni Lyudmila Putinaning yangi eri Artur Ocheretniy boshqaradi, uning familiyasini Rossiya prezidenti sobiq xotini 2015 yilda olgan. Artur Ocheretniy 10 milliard rubllik binoni rafiqasiga tegishli «Meridian» kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa uni «Sberbank», VTB va boshqa tijorat loyihalariga subijaraga topshiradi. Navalniyning safdoshlari hisob-kitobiga ko‘ra, Lyudmila Ocheretnaya ijaradan yiliga 250 mln rubldan ortiq daromad oladi.
Film mualliflariga ko‘ra, «Shaxslararo aloqalarni rivojlantirish markazi» Moskva meriyasi, «Gazprombank» va «Severstal»dan ham mablag‘ oladi, bu yiliga 415 mln rublga yaqin daromad keltiradi, ularni Artur Ocheretniy kompaniyasi «Meridian»ga qarz beradi. Bu pulga Artur Ocheretniy Fransiya, Shveysariya va Ispaniya janubida kvartira hamda uylar sotib oladi. Surishtiruvchilar xorijdagi ko‘chmas mulkning umumiy qiymatini deyarli 600 mln rublga baholamoqda. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, Ocheretniylar, xususan, Fransiyaning Biarritsa shahrida villaga, Shveysariyaning Davos shahrida kvartiraga va Ispaniyaning Malaga shahrida ikkita kvartiraga egalik qiladi.
Lyudmila va Artur Ocheretniy YEI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan, deya ta’kidlaydi Navalniyning safdoshlari. Buyuk Britaniya may oyida Lyudmila Ocheretnayaga qarshi sanksiyalar kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi