12:00 / 05.08.2022
1 178

Ukraina inqirozi fonida mamlakatlarda oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilmoqda

Ukraina inqirozi fonida mamlakatlarda oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilmoqda
Foto: Bloomberg
Jahon banki hisobotiga ko‘ra, Ukrainadagi urush ortidan oziq-ovqat inflyatsiyasi rivojlanayotgan davlatlarning ko‘p qismida o‘sdi. Bu haqda Guardian ma’lumot bermoqda.

Ikki yil avval Bayrutdagi oziq-ovqat do‘koni portlashi O‘rta Yer dengizi bo‘yidagi mamlakatning 6,8 million aholisiga makkajo‘xori va bug‘doyni saqlash va tarqatishda muammolar tug‘dirganidan keyin Livan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat bo‘ldi.

U yerda oziq-ovqat inflyatsiyasi yilning iyun oyigacha 332 foizni tashkil etdi, bu Zimbabvedagi 255 foiz va Venesueladagi 155 foizdan ko‘p.

Turkiya 94 foiz oziq-ovqat inflyatsiyasi bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan oy Ukraina va Rossiya o‘rtasida Turkiya va BMT vositachiligida yorma tashuvchi konteyner kemalarining Ukraina portlarini tark etishiga ruxsat berish to‘g‘risidagi kelishuv xom ashyo narxining pasayishiga yordam berdi.

Jahon banki ma’lumotlari iyun oyidan beri global bozorlarda don narxlarining keskin o‘zgarganini va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxining o‘tgan yildagiga yaqin darajaga tushib ketganini ko‘rsatdi.

O‘tgan hafta Bangladesh import qilinadigan oziq-ovqat va energiya narxining oshishi janubiy Osiyo mamlakatlari moliyasiga putur yetkazish bilan tahdid qilganidan keyin Xalqaro Valyuta Fondini (XVF) moliyaviy yordamga chaqirdi.

Bangladeshga taxminan 4,5 mlrd dollar kerak, ammo XVFning joriy kelishuvlari bo‘yicha atigi 1-1,5 mlrd dollar mavjud.

Shri-Lanka hayotiy muhim mahsulotlarni sotib olish uchun naqd puli tugab qolganidan keyin Vashingtonda joylashgan fonddan yordam so‘ragan bo‘lsa, Pokiston bilan 6 mlrd dollarlik XVF krediti kelishuvi iyun oyida qayta tiklandi.

Oziq-ovqat narxlarining pastligi so‘nggi o‘n yilliklarda global o‘sishni ta’minlab, rivojlanayotgan mamlakatlarning qarzlarni va yoqilg‘i importining yuqori xarajatlarini qoplayotgandi.

Biroq Jahon bankining ta’kidlashicha, so‘nggi oylarda oziq-ovqat narxlarining keskin o‘sishi aksariyat iqtisodlarga, jumladan, nisbatan yuqori daromadga ega bo‘lgan mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.

- Eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar Afrika, Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Janubiy Osiyo, Yevropa va Markaziy Osiyoda, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, yirik don yetishtiruvchilar, jumladan Fransiya, Ispaniya va Italiya, yuqori darajadagi ishlab chiqarishni saqlab qolish uchun iqlim inqirozi sabab bo‘lgan harorat ko‘tarilishi va noaniq ob-havo sharoitlariga moslashishi kerakligi haqida ogohlantirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina inqirozi fonida mamlakatlarda oziq-ovqat narxi keskin ko‘tarilmoqda