Foto: Anadolu Agency
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Sochida muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Rossiya rahbari "Turk oqimi" gaz quvurini Yevropani Rossiya gazi bilan ta’minlashning muhim arteriyalaridan biri deb atadi va mintaqadagi mamlakatlar buning uchun Anqaraga minnatdorlik bildirishi kerakligini aytdi.
- "Turk oqimi" boshqa barcha yo‘nalishlardan farqli ravishda to‘xtovsiz, hech qanday uzilishlarsiz ishlayapti", — dedi Putin.
Bundan tashqari, Putin Ukrainadan g‘alla olib chiqish masalasini hal qilgani uchun Erdo‘g‘anga minnatdorlik bildirdi.
O‘z navbatida, Turkiya prezidenti ikki mamlakat munosabatlarida yangi sahifa ochilishiga ishonch bildirdi.
"Muzokaralarimiz ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishiga ishonaman. Bunga energetik hamkorlik, g‘alla eksporti, turizm, mintaqaviy masalalarni kiritaman", - dedi u.
Uchrashuv Sochidagi "Rus" sanatoriyasi hududida bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat rahbarlari Rossiya-Turkiya hamkorligi, Suriya va boshqa masalalarni muhokama qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?