18:54 / 06.08.2022
1 588

Putin Erdog‘anni Samarqanddagi SHHT sammitiga taklif qildi

Putin Erdog‘anni Samarqanddagi SHHT sammitiga taklif qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdog‘anni Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qildi. Bu haqda Turkiya yetakchisi Sochidan qaytgach, jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Uchrashuvimiz davomida janob Putin ham so‘radi: agar imkoniyat bo‘lsa, u yerda uchrashuvda qatnashamiz, umid qilaman bunga. Xitoy keladi, boshqa tomondan Saudiya Arabistoni keladi, Qatar keladi. Biz u yerda bo‘lishga intilamiz. Umid qilamanki, agar hozir g‘ayrioddiy hodisa sodir bo‘lmasa, men ham u yerda bo‘laman”, dedi Turkiya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 2021-2022 yillarda O‘zbekiston SHHTga raislik qilmoqda. Tashkilotning navbatdagi sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ayni paytda 2001 yilda tashkil etilgan SHHTga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi. Ayni damda Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergandi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston - kuzatuvchi-davlatlar hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Erdog‘anni Samarqanddagi SHHT sammitiga taklif qildi