date
views 1 690

Yong‘inlar, otishmalar va evakuatsiya. Donbassda nimalar bo‘lmoqda?

Yong‘inlar, otishmalar va evakuatsiya. Donbassda nimalar bo‘lmoqda?
O‘t o‘chiruvchilar Baxmutdagi yong‘inni o‘chirish uchun yo‘l olgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadol​u Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenkoning ma’lum qilishicha, 6 avgust kuni Rossiya qo‘shini Baxmutga «yetarlicha yaqin» kelgan. Rossiya nazoratida qolayotgan Nova Kaxovka «administratsiyasi» rahbari o‘rinbosari Vitaliy Gura suiqasd oqibatida halok bo‘ldi. Unga bir necha bor o‘q uzishgan. Ukraina «Energoatom» Zaporijjya AES o‘qqa tutilgach, stansiya energobloklaridan birini o‘chirdi.

Donetsk oblasti ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko rossiyalik harbiylar shaharga «yetarlicha yaqin kelgani»ni xabar qildi: «Rossiyalik bosqinchilar muntazam ravishda Baxmut, Seversk va Soledarni o‘qqa tutmoqda. Bu ular o‘tishni istayotgan asosiy liniya. Ha, ular Baxmutga yetarli darajada yaqin», — deya Kirilenkodan​​​ ​iqtibos keltiradi «Suspіlne».

«Meduza» bugungi kunda Rossiya va Ukraina qo‘shinlarining asosiy to‘qnashuv markazi bo‘lib qolayotgan Donbass hududida 6 avgust kuni olingan suratlarni keltirdi.

O‘t o‘chiruvchilar Baxmutda ishlamoqda. Rossiya qo‘shini shaharga hujum qilishda davom etmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadol​u Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Baxmut o‘qqa tutilishidan keyin o‘t o‘chiruvchilar. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi Rossiya qo‘shinlari aynan shu yo‘nalishda faol yurish qilayotganini ma’lum qilgan.
Diego Herrera Carcedo / Anadol​u Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Baxmut o‘qqa tutilishi oqibatlari. Ijtimoiy tarmoqlarda shahar avtovokzali yaqinidagi vayron bo‘lgan piyodalar ko‘prigi suratlari tarqalgan. Rossiyaparast manbalarga ko‘ra, ko‘prik chekinish chog‘ida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan. Ukraina tomoni esa ko‘prik rossiyaliklar zarbalaridan vayron bo‘lganini aytmoqda.
Diego Herrera Carcedo / Anadol​u Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Konstantinovki aholisi Rossiya raketa zarbasiga uchragan bino ichidan chiqmoqda. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, shahar tunda o‘qqa tutilishi oqibatida ko‘p qavatli uylardan birining pod’ezdi qulab tushgan. U yerdan yetti kishi qutqarib olingan, bir ayol yaralangan.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA


Pokrovsk yaqinida bolalarni olib ketayotgan mashina. Donbassda 30 iyul kuni fuqarolarni majburiy evakuatsiya qilish boshlandi. Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchukning baholariga ko‘ra, 200 mingdan ortiq kishi xavfsiz joylarga olib ketiladi.
Wolfgang Schwan / Anadol​u Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


Slovyanskdagi zarbaga uchragan uy oldidan o‘tayotgan yo‘lovchi. Slovyansk yo‘nalishida Rossiya kuchlarining alohida bo‘linmalari Bogorodichnoye atrofida oldinga o‘tishga uringan, ammo chekinishga majbur bo‘lgan.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA


Kramatorskda komendantlik soati. Politsiyachi shahardagi navbatchilik vaqtida mahalliy aholi vakilidan hujjat so‘ramoqda. 7 avgust kuni shaharda portlashlar ovozi eshitildi.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA


Politsiya Kramatorskda komendantlik soati chog‘ida zarbaga uchragan joylardan birini ko‘zdan kechirmoqda. Kramatorsk yo‘nalishida 7 avgustga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Verxnekamenskoye qishlog‘i atrofida oldinga siljishga harakat qilgan.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA


Ko‘ngillilar Baxmut o‘qqa tutilishi chog‘ida yaralangan kishini evakuatsiya qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari aynan shu yo‘nalishda faol.
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA


Slovyansk atrofidagi pozitsiyada turgan ukrain harbiysi. Avgustning ilk kunlarida bu yerda Rossiya tomonidan o‘qqa tutilish holatlari kuzatilmayapti; nisbatan tinchlik hukm surayotgani «Dnepr-1» bataloniga pozitsiyalarni mustahkamlash bilan band bo‘lish imkonini bermoqda.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA


Ukrain armiyasining katta serjanti Slovyansk yaqinidagi bunkerda. Uning so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida G‘arbdan qabul qilib olingan og‘ir qurollar Ukrainaga Donbassning ayrim shaharlarida nisbatan tinchlik saqlanishini ta’minlashga yordam bergan, ammo bu vaqtincha hisoblanadi. U Rossiya tomonidan zarbalar to‘xtab qolgani unda noxush hissiyot uyg‘otayotganini tan oladi.
David Goldman / AP / Scanpix / LETA


Yuliya va Roman Donetsk oblastining Pokrovsk shahridagi vokzalda vidolashmoqda. Yuliya mamlakat g‘arbiga ketadi
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press


«Dnepr-1» ko‘ngillilar bataloni jangchisi Slovyansk shahri atrofidagi pozitsiyalarni mustahkamlash uchun yog‘och xodalar ko‘tarib ketmoqda. Ukrain harbiylari bunker va okoplar tarmog‘ini faollik bilan kengaytirmoqda, bu istehkomlar artilleriya zarbalari va fosforli bombalardan himoya qilishi kerak. Foto: David Goldman / AP / Scanpix / LETA
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yong‘inlar, otishmalar va evakuatsiya. Donbassda nimalar bo‘lmoqda?